“Yashil makon” umummilliy loyihasi mamlakatimizda yashil hududlar maydonini kengaytirish, atmosfera havosining sifatini yaxshilash hamda inson salomatligi uchun qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Mazkur ezgu tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida viloyat IIB xodimlari koʻkalamzorlashtirish ishlariga faol qatnashmoqdalar. Jumladan, tibbiyot boʻlimi gospitalida manzarali va mevali koʻchatlar ekildi. Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boʻlimi hamda viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi jamoasi tomonidan archa va turli gul koʻchatlari ekilib, ularni parvarishlash, tuprogʻini yumshatish hamda muntazam sugʻorish ishlari tizimli ravishda tashkil etildi.

        Oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.