Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yaqinda viloyat IIBga biriktirilgan Qarshi tumani Xonobod qishlogʻi hududida joylashgan 16 gektar yer maydoniga 3 mingga yaqin mevali va manzalari daraxt koʻchatlari, boshqarma sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlari hovlisi va yon-atrofiga 3 mingdan ortiq manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazishdi. Birgina Qarshi shahar IIOFMB xodimlari ushbu hududning Jayxun koʻchasiga 500 tup koʻchat ekib, loyihaga oʻzlarining munosib hissasini qoʻshdilar.
Bundan tashqari, boshqa tashkilotlar va idoralar qatori, ichki ishlar organlari xodimlari «Qarshi – Koʻkdala» yoʻlining ikki yon tomoniga 2 mingdan ortiq koʻchatlarni ekishdi. Yangi nihollarni parvarishlash va sugʻorish ishlari «Qashqadaryo yoʻl koʻklam» masʼuliyati cheklangan jamiyatga topshirilib, suv inshootlari qurilib, tomchilatib sugʻorish uskunalari bilan taʼminlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
