Xoʻjayli tumanida qoʻlbola tarzida aroq ishlab chiqaradigan yashirin sex aniqlandi, deya xabar beradi Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, ichki ishlar organlari xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazgan tadbiri davomida Xoʻjayli tumani “Sarishungil” ovul fuqarolar yigʻini hududida S.Ye. A.P. va A.Q.lar yashirin sexda “Qarataoʻ” spirtli ichimligini tayyorlab kelayotganligi aniqlangan.

Tadbir davomida ushbu sexdan 10 mingdan ortiq qalbaki aksiz markasi, 3 mingdan ortiq kapsula, 900 dan oshiq qoʻlbola usulda tayyorlangan spirtli ichimlik, 335 litr spirt va ishlab chiqarishda foydalanilgan narsalar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Azamat PIRNIYAZOV,

«Postda» muxbiri.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.