Mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yurtimizning barcha hududlarida oʻzining ijobiy samarasini berib, hozirgacha koʻplab mevali va manzarali daraxt koʻchatlarining oʻtqazilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu boisdan, mazkur saʼy-harakatlar IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarda ham jadallik bilan olib borilayotir. Xususan, yaqinda Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qism 3-batalʼoni osoyishtalik posbonlari tomonidan 150 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlarining ekilishi ham yuqoridagi fikrlarimiz tasdigʻidir.
Shunday ekan, ona Vatanimiz ekologiyasi musaffoligi yoʻlida oʻtkazilayotgan ushbu loyihada barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorlaymiz!
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
