Jizzax shahrining “Toshloq” mahallasida yashovchi I.Q. “Oqqoʻrgʻonlik” mahallasida istiqomat qiluvchi O.A.ga hokimlikdagi tanishi koʻmagida yengil konstruksiyali savdo doʻkoni qurish uchun yer ajratib berishni vaʼda qilib, 2021-yilning 31-iyulida 7 million soʻm olgan. Lekin vaʼada qilingan yer ha deganda ajratilmadi. Pirovardda niyatlari ushalmagan O.A. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, tanishiga bergan pulini qaytarishda koʻmak soʻradi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
