Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Qahramon” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi M.J. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga firib berishganligini bildirgan.
Maʼlum boʻlishicha, 2020 yilning 9 oktyabrida Jizzax shahrining Qaliya mahallasida yashovchi V.A. Sharof Rashidov tumanining “Qahramon” mahallasi hududidan arizachiga 6 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilib, 75 million soʻmini olgan. Ammo u ahdida turmadi. Pulini ham qaytarmadi. Shu bois holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
