Yexhtning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi missiyasi aholi orasida axborot berishning turli formatlari va usullari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar va grafik materiallardan foydalangan holda, keng tushuntirish ishlarining olib borilishini maʼqulladi.
Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan prezident saylovi boʻyicha Yexhtning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi missiyasi kuzatuvlarining joriy yil 15 sentyabrdan 5 oktyabrgacha boʻlgan davrdagi natijalari boʻyicha oraliq hisobotini eʼlon qildi.
Unda Mskning OAV va keng jamoatchilik uchun ochiqligi qayd etildi. Tayyorgarlik jarayoni va kampaniyani oʻtkazish, saylovchilarni xabardor qilish bilan bogʻliq barcha jarayonlar qonunchilikda oʻnatilgan muddatda amalga oshirildi. Mskning yigʻilishlari onlayn-rejimda berib boriladi, uning qarorlari matbuotda chop etilmoqda.
MSK tomonidan barcha saylov komissiyalarining geolakatsion maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan interfaol mobil ilovaning ishlab chiqilgani, saylov kommissiyalari aʼzolarining kaskad oʻqitilishi va saylov kuni COVID-19 oldini olish boʻyicha qabul qilingan choralar alohida qayd etildi.
