Xorazm viloyati IIB JXX YHXB tomonidan viloyat hududida yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etayotgan haydovchilarni aniqlash va ularga qatʼiy choralar koʻrish maqsadida reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Tadbir davomida Tuproqqalʼa tumanidagi “Hazorasp” mahallasi hududida “Malibu” rusumli avtomashina haydovchisi T.K. tungi paytda yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan hatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etgan holati aniqlandi. YPX inspektori tomonidan “yoʻl bezorisi”ga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyildi.
Shuningdek, boshqarma masʼul xodimlari tomonidan ushbu haydovchiga qoidabuzarlik holati va uning ogʻir oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar ham berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
