Namangan davlat texnika universitetining Mexanika va texnologiya fakultetida talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida “Yoʻl qoidasi — umr foydasi” mavzusida profilaktik davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda universitet profilaktika inspektori yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibatida sodir boʻlayotgan baxtsiz hodisalar, ularga nisbatan qoʻllanilayotgan qonuniy choralar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining ogʻriqli oqibatlari aks etgan videorolik ham namoyish etildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
