Romitan tumani sektor rahbarlari boshchiligida tuman hududida sodir etilgan yoʻl transport hodisalari, jinoyat va huquqbuzarliklar mahallalarga borgan holda keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. Jarayonda ushbu holatlarga sabab boʻlgan omillar birma-bir tahlil qilinib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda qonunlarga itoatkorlik ruhini shakllantirish borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, tuman hududi bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligini oldini olish borasida kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.