Viloyatni xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan ayollar, ijtimoiy nosogʻlom, nizoli, notinch oilalar bilan yuzma-yuz uchrashib, ular duch kelayotgan muammolar oʻrganilmoqda. Qolaversa, ijtimoiy savolnoma asosida tizimli ishlar tashkillashtirilmoqda.
Shuningdek, notinch oilalar muhitini sogʻlomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targʻibotlar ham olib borilmoqda. Targʻibotlar davomida himoya orderi berish tartibi haqida huquqiy tushunchalar berilmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
