Namangan viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari tomonidan Namangan shahar hududi hamda tumanlararo yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi haydovchilar oʻrtasida targʻibot uchrashuvlari oʻtkazildi. 

Tadbirlarda haydovchilarga yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, avtobuslarni belgilangan bekatlardan tashqari hududlarda toʻxtatmaslik, manzilga yetib bormaguncha eshiklarni ochmaslik, yoʻlovchilar avtobus saloniga toʻliq chiqib boʻlgandan keyin harakatni boshlash kerakligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.

Oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.