Kuz–qish… har yili oʻzining sinovlari bilan keladi. Ammo, bu yil Xorazm viloyatida Favqulodda vaziyatlar tizimi vohaning barcha tumanlarida sinov mashqlarini jiddiy va masʼuliyat bilan oʻtkazdi. Chunki, mavsumga tayyorgarlik birgina “tekshiruv” “nazorat”lar bilan cheklanmayapti — balki, qatʼiy va kompleks yondashuv asosida amalga oshirilmoqda. Yongʻin xavfsizligi xizmati har yilgi mavsumiy chaqiriqlarga shunchaki javob berayotgan yoʻq, aksincha, ularga oldindan kuchli tayorgarlik koʻrmoqda. Fikrimizni misollar bilan davom ettirsak, joriy 2025-yilda ushbu tizimda viloyat boʻylab 26 ta maxsus guruh shakllantirildi. Bu takroriy tekshiruvlar emas, balki, xavf manbaini aniqlash, uni mahallaning oʻzida bartaraf etish, kamchiliklarni joyida toʻxtatish va qatʼiyat asosida ishlash degani. Bu guruhlarga 368 nafar mutaxassis jalb etilgani ham — yongʻin xavfsizligi tizimining mavsumni jiddiy qabul qilayotganidan dalolat. 

Nilufar Jabborova, Xorazm viloyati.