Tergovchi Mansur aka bilan suhbati davomida ilgari unda ishlab ketgan Farrux va Dilshod haqidagi gapi qiziqtirib qoʻydi.
Tergov-tezkor guruhi xodimlari katta ehtimol bilan aynan shu yigitlardan shubhalanishdi. Daktiloskopik tekshiruv natijasida voqea joyidan olingan barmoq izlari oʻsha yigitlarga tegishliligi tasdiqlandi. Shu tariqa tuman IIB xodimlari oʻgʻrilik sodir etgan shaxslarni besh kun ichida qoʻlga olishdi. Ular dastlab Mansur aka bilan birga tadbirkorlik qilgan va olti oy oldin shaxsiy sabablariga koʻra ketib qolgan Farrux va Dilshod edi.
Sud jarayonida ayblanuvchilar qilmishlarini tan olishdi va ularning har biriga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Sud ularga jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatini ham yukladi.
Mansur aka bu yigitlarni oʻziga yaqin olib, doimo qoʻllab-quvvatlab kelgandi. Ularning qilmishi tadbirkorning qalbiga ogʻir jarohat yetkazdi. Mayli, payti kelib, ular oʻgʻirlagan pullarini ham, tilla taqinchoqlarini ham qaytarishar. Lekin yoʻqolgan ishonchni qaytarib boʻlarmikan?..
