Fargʻona viloyati IIB rahbariyatining bevosita tashabbusi bilan joylarda uch avlod uchrashuvlarini tashkil qilish anʼana tusini oldi. Bu orqali sohada uzoq yillar ishlagan va bugun isteʼfoda boʻlgan ustozlarning boy amaliy tajribasi yoshlar ongiga singdirilyapti.
Ana shunday uchrashuv Fargʻona shahrida ham oʻtkazildi. 100 nafarga yaqin faxriylar va yosh xodimlar ishtirok etgan uchrashuvda vatanparvarlik, kasbga sadoqat, xizmat intizomini mustahkamlash kabi mavzularda maslahat va tavsiyalar berildi.
Shu kuni sohada yangi ish boshlagan yosh inspektorlarga faxriylardan murabbiylar ham biriktirildi. Shuningdek, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlar pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
