Mazkur qabulda zarafshonlik fuqarolarning moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bandlik hamda sudga oid muammolari ijobiy hal etilishi yuzasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan, “Yoshlik” MFYda yashovchi Malohat Odinayeva qizini oliygohning 2-bosqich talabasi boʻlgani, yotoq joyi uchun imkoniyati yoʻqligi sababli institut yotoqxonasidan joy ajratishda amaliy koʻmak soʻrab murojaat etgan edi. Uning murojaati maʼsullar tomonidan oʻrganilib, ijobiy hal qilib berildi. 

Shu mahallada istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro – Fotima Abdullayeva milliy qandolatchilik yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirdi. Uning ham murojaati hududiy banklar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilishiga erishildi. Imtiyozli kredit rasmiylashtirish uchun hujjatlari qabul qilindi.

Xullas, shu kuni 10dan ortiq murojaatlarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topildi. Oʻz oʻrnida murojaat egalari vatanimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan mamnunligini bildirishdi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.