Boyovut tumani IIB JXX HPB VEMB inspektor-psixologi podpolkovnik A. Umarqulov 55-maktab oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda yoshlarga oila qurish, jamiyatda yurish-turish, oʻzgalar huquqlarini hurmat qilish, shaxsning majburiyat va huquqlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tadbirda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
«Postda» muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
