Yaqinda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar tomonidan talabalari va oʻqituvchilari uchun tadbir oʻtkazildi. Jiddiy suhbat davomida yoshlar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabablari, gender tenglik, ayollarga nisbatan zoʻravonliklarni oldini olish masalalari muhokama qilindi. Suhbat davomida xodimlar oʻz amaliyotlaridan misollar keltirishdi.

Xodimlar tadbir ishtirokchilariga yoshlarni huquqbuzarliklardan chetlatish yoʻllari haqida maʼlumot berishdi. Yoshlar esa oʻz savollariga batafsil javoblar olishdi.