Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida "Yoshlar oyligi" doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tashabbusi va viloyat IIB hamkorligida Yoshlar parlamenti faollar jamoasi hamda yoshlar maslahat guruhlari aʼzolari ishtirokida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Viloyat IIB MMI va KBTX, yoshlar bilan ishlash guruhi inspektori, katta leytenant Olimjon Rahmatov va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi, Samarqand hududiy masʼuli Manzura Umirova yoshlar bilan oʻzaro muloqotda boʻldilar.
Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, yoshlar va huquq-tartibot idoralari oʻrtasidagi ochiq muloqotni rivojlantirishga qaratilgan tadbir davomida ishtirokchilarga jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar oʻrtasida profilaktik ishlarni samarali olib borish, kiberhujumlardan himoyalanish yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, seminar davomida ochiq muloqot tarzida savol-javoblar tashkil etilib, yoshlarni qiziqtirgan mavzular muhokama qilindi.
Erkin, doʻstona oʻtgan muloqotda yakunida faol yoshlarga tashakkuronmalar topshirildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat ishlarida faol ishtirok etishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqand viloyati.
