Murojaatnomani oʻqib...
Shu kunlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi keng jamoatchilik tomonidan qizғin oʻrganilmoqda
Murojaatnomani televidenie orqali katta qiziqish bilan kuzatdim. Davlatimiz raҳbarining taklifiga asosan, joriy yilga «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aҳoli salomatligini mustaҳkamlash yili», deya nom berilishi ҳar bir yurtdoshimiz singari, menga ҳam katta quvonch baғishladi. Mazkur tashabbusdan sezish mumkinki, joriy yilda yoshlarga yanada keng imkoniyatlar yaratiladi.
Chunonchi, Prezidentimiz 2021 yilda maktabgacha taʼlim qamrovining 65 foizga, 2023 yilda esa 75 foizga yetkazilishini, bu ishlarga 600 milliard soʻm subsidiya ajratilib, qoʻshimcha 2 mingta nodavlat boғcha ochilishini bildirdi. Xuddi shunday, 2021 yilda 30 ta yangi maktab barpo etilishi, 320 ta maktabni taʼmirlash ҳamda moddiy-texnik bazasini mustaҳkamlash uchun 2 trillion soʻm yoʻnaltirilishi maʼlum qilindi.
Umuman olganda, taʼlim sifatini yuksaltirish maqsadida «Milliy oʻquv dasturi» joriy qilinishi, oʻqituvchilar manfaatdorligini oshirish, shuningdek, 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 197 ta maktab faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi kabi kutilayotgan koʻplab oʻzgarishlar ona yurtimizning fuqarosi ҳamda oila boshliғi sifatida meni juda quvontirdi.
Demakki, farzandlarimizning bilimli va komil inson boʻlib shakllanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Bu esa Vatanimiz ertasining yanada nurli, xalqimiz ҳayotining farovon boʻlishi uchun omildir. Biz, ichki ishlar organlari xodimlari mazkur ezgu tadbirlarga tinchlik va osoyishtalikni samarali taʼminlash bilan oʻz ҳissamizni qoʻshamiz.
Bobobek MAHRAMOV,
Jizzax viloyati IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-ҳuquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimi, katta leytenant.
