Bugun yoshlarni oʻz bagʻriga chorlagan barcha umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalindi. Chortoq tumanidagi 50-maktabda Bilimlar kuni munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida tadbir tashkil qilindi.

Tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Ravshanbek Usubjonov bayram tadbirida ishtirok etib, oʻqituvchi va oʻquvchilarni Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi va yangi oʻquv yili boshlanishi bilan tabrikladi.

Bayramona tadbir oʻquvchilarga bir olam zavq bagʻishladi. 

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA, 

oʻz muxbirimiz.

Namangan viloyati.