Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. 

Poytaxtimizning Choʻlpon va Yangi Oʻzbekiston shoh koʻchalarida oʻtkir nigoh ila yoʻllarda harakat xavfsizliginii taʼminlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora koʻrmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda avtoulov boshqarish, svetoforning qizil chirogʻida harakatlanish yoki piyodalar oʻtish yoʻlakchasida piyodani oʻtkazib yubormaslik kabilar bor. Shuningdek, ularning har ikkisi ham bittadan qidiruvda boʻlgan shaxsni aniqlashga muvaffaq boʻlgan.

Ikki hamkasbning qoidabuzarlarga oʻz vaqtida koʻrgan choralari tufayli haydovchilar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan qanchadan-qancha yoʻl-transport hodisalarining oldi olinmoqda.