Soʻnggi yillarda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga oliy (harbiy) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyoz beruvchi tavsiyanoma hamda taqdimnomalarning berilishi tizim xodimlari va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning yorqin namunasi boʻldi.

Ichki ishlar vazirligining buyrugʻiga asosan xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan 92 nafar buxorolik xodimning 94 nafar farzandiga oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun imtiyoz beruvchi tavsiyanoma hamda taqdimnomalar tantanali ravishda topshirildi. 

J.SHUKURLAYEV,

kapitan.

Buxoro viloyati.