Yurtimizda yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi va sport orqali iqtidorini namoyon qilishi uchun yaratilgan imkoniyatlar samara bermoqda. Bunda IIV “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi yetakchi markazlardan biriga aylanib ulgurdi. Hozirda kompleksda 23 sport yoʻnalishi faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 5000 nafarga yaqin yosh sportchi muntazam mashgʻulotlar olib bormoqda. Majmuada olib borilayotgan ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad – yoshlarni sogʻlom turmush tarziga jalb etish, ularni yuksak sport natijalarga erishishga ragʻbatlantirish va Vatan bayrogʻini xalqaro arenalarda baland koʻtarishdan iborat.
Majmuada shugʻullanayotgan yoshlar nafaqat respublika, balki xalqaro musobaqalarda ham yuksak natijalarga erishmoqda. Bu davlatimiz rahbarining yoshlarimizga yaratib berayotgan ulkan imkoniyatlari va murabbiylar mehnatining samarasidir.
Oʻz muxbirimiz.
