Fargʻona viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan bir guruh soha xodimlari va ularning oila aʼzolari viloyat musiqali drama teatriga borib, “Abadiyat qonuni” nomli yangi spektakni tomosha qildilar.

Gruziyalik rejissyor Kaxa Gogidze tomonidan Fargʻonada sahnalashtirgan va primera tarzida birinchi marotaba namoyish etilgan mazkur sahna asari ichki ishlar organlari xodimlariga juda manzur boʻldi.

Viloyat IIB rahbariyati tashabbusi bilan bunday tomoshalar anʼana tarzida yoʻlga qoʻyilgan. Bundan avval xodimlar “Al-Fargʻoniy”, “Shoh edip”, “Ufq” kabi spektakllarni ham tomosha qilishgan edi.

Abduvosit SIDIQOV.