Qashqadaryo viloyati IIBda Ekspert-kriminalistika boʻlimi va uning shahar-tumanlardagi boʻlinma guruhlari xodimlari ishtirokida joriy yilning oʻn bir oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda erishilgan natijalar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʻy berganlarini “issiq izida” fosh etishda mavjud kriminalistik texnika va uskunalardan samarali foydalanish lozimligi taʼkidlandi. Qolaversa, jinoyatlarni fosh etish ustida oʻtkazilayotgan tadqiqotlarni yanada takomillashtirish, buning uchun har bir xodim oʻz ustida ishlab, tajriba va malakasini yanada oshirishi lozimligi aytib oʻtildi. Shuningdek, soni oshgan jinoyat turlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Tadbirda viloyat IIB EKB, Qarshi shahar IIOFMB, Kasbi va Chiroqchi tuman IIBlari ekspertlariga boshqarma rahbariyatining tashakkurnomalari berildi. 

Yigʻilish yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muhim vazifalar belgilab olindi.

Sodiq RAHIMOV, 

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.