Kuni kecha Navoiy viloyati IIB tuzilmalari faxriylari va yosh xodimlari ishtirokida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. “Keksalar haftaligi” munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda barcha shahar-tumanlardagi soha faxriylari va yosh xodimlaridan iborat jamoalar qatnashdi.
Umumiy natijalarga koʻra, Navbahor tumani IIB vakillari uchinchi, Konimex tumani IIB vakillari ikkinchi oʻrinni egalladi. Karmana tumani IIB jamoasi esa birinchi oʻringa munosib deb topildi. Tadbir bahonasida faxriylar oʻzaro diydorlashib, xizmat davridagi qiziqarli voqealarni yodga olishdi. Ular bugungi kunda yosh xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida eʼtirof etib, bunday gʻamxoʻrliklarga javoban fidoyilik bilan xizmat qilishlari lozimligini taʼkidlashdi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
