Konstitusiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida kuch tuzilmalari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, viloyat IIB jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni viloyat Bojxona boshqarmasi, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi jamoalari band etdi.
Gʻolib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Muzaffar BASNIROV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
