Poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan “Yangihayot” blok posti. Tungi xizmatga jalb etilgan, Toshkent shahar IIBB JTSB Kinologiya boʻlimi kichik inspektor-kinologi, safdor Elmurod Soliyevning ziyrakligi tufayli “Rada” laqabli xizmat iti yordamida 2 ta giyohvandlik vositasi bilan bogʻliq jinoyat aniqlandi. Soat 00.40larda “Jentra” rusumli avtoluov shubha ostiga olinib tekshirib koʻrilganida yoʻlovchi sifatida kelayotgan fuqaro Yashnobod tumani yashovchi L.Yu.ning telefoni gʻilofiga yopishtirilgan oʻtkir hidli, mumsimon jigarrang giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shuningdek 03:20 larda “Spark” rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida yashovchi N.T. ham xolislar ishtirokida tekshirilganida chap choʻntagidan besh ming soʻmlik kupyuraga oʻralgan “zahri qotil” borligi maʼlum boʻladi.

Oʻz kasbining ustasi boʻlgan safdor E.Soliyev 1985-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2010-yilda boshlagan. 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida yuqoridagi kabi 30 dan oshiq giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq holatlar aniqlagashda oʻz hissasini qoʻshgan.

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.