Yaqinda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida “Zoʻravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Shayhontoxur tumani IIO FMB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlimi masʼul xodimlari, xotin- qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari, Imom Xasan joʻme masjidi imomi, “Oʻqchi” mahallasi faollari va oʻquv muassasasi rahbariyati, professor-oʻqituvchilari hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar.
Maʼruzachilar talaba yoshlarga terrorizm va diniy ekstremizm fojeasi, bu hodisaga yosh avlod bilimsizligi tufayli aloqador boʻlib qolayotgani haqida maʼlumotlar berib oʻtdilar. Zamonaviy texnologiyalar rivoj topgan ayni damda, internet resurslaridan toʻgʻri foydalanish, diniy masalalarda sall-markazga murojaat etib, ishonchli maʼlumot olish tavsiya etildi.
Ichki ishlar hodimlari, ayollarga oʻtkazilayotga taʼzyiqlar, ularning oqibatlari, zoʻravonliklarning turlari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Talabalar orasida u yoki bu zoʻravonlikka duch kelayotganlar boʻlsa, har bir xotin-qiz davlat himoyasida ekani, ularga “Himoya orderlari” berilishi haqida tushuntirildi.
Tadbirda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
