Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida “Zukko kitobxon” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda boshqarma apparati hamda shahar-tumanlar ichki ishlar boʻlimlari va sohaviy xizmatlaridan 70 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etishdi.
Shu kuni Axborot-kutubxona markazi masʼul xodimlari tomonidan Alisher Navoiyning yangi tahrirdagi “Xamsa” dostonining taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Koʻrik-tanlov yakunida faol ishtirok etgan xodimlar hamda gʻolib jamoalar vakillari boshqarma boshligʻining faxriy yorligʻi, kitoblar jamlanmasi hamda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” sihatgohida 3 kun davomida bepul dam olish imkonini beruvchi yoʻllanma bilan ragʻbatlantirildi.
Jasurbek SHUKURLAYEV,
katta leytenant.
Buxoro viloyati.
