Bilim oʻqib-oʻrganish, kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. Inson qaysi yoshda boʻlishidan qatʼi nazar, doimo bilimini boyitib, fikrini charxlab borishi kerak.
Aynan shu maqsadni koʻzlab tahririyatning t.me/postdarasmiy telegram kanali orqali jumboqli savollar va topshiriqlar berib boryapmiz. Anʼanaga muvofiq, yakunlanayotgan yilda kanal oʻquvchilari orasidan oʻzining hozirjavobligi, zukkoligi va bilimdonligi bilan boshqalarga namuna boʻlgan vazirlik huzuridagi JIED 6-MMM (Nukus shahar) 2-sonli TH T va QB qoʻriqlash otryadi katta nazoratchisi, safdor Ulugʻbek Qurbonovni «Yil bilimdoni» deb eʼlon qilamiz. Zukko xodimimizga sogʻlik, xizmatda muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
Darhaqiqat, savolga javob izlash asnosida oʻqiysiz, izlanasiz. Natijada bilimingizni mustahkamlab borasiz. Bizning maqsadimiz ham shu, aslida.
