“Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” koʻrik-tanlovlari jamiyatda obodonlashtirish madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarda oʻz xonadoni, koʻchasi va mahallasiga boʻlgan daxldorlik va masʼuliyat hissini mustahkamlashga xizmat qilayotgan muhim ijtimoiy tashabbusdir.

Kuni kecha mazkur tanlovning respublika bosqichi yakunlari eʼlon qilinib, “Eng namunali yettilik aʼzolari” yoʻnalishi boʻyicha “Eng namunali xotin-qizlar faoli” nominatsiyasida Toshkent tumani “Qoraboʻrik” mahallasi xotin-qizlar faoli Jumagul Risbayeva gʻolib deb topildi.

Tantanali taqdirlash marosimida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Umida Abullayeva tomonidan Jumagul Risbayevaga munosib mukofot topshirildi.

Taʼkidlanganidek, Jumagul Risbayeva mahallada xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish hamda mahalla hayotida faol ishtirokni kuchaytirish borasida tizimli va samarali faoliyat olib bormoqda.