Andijon viloyati prokuraturasi va ichki ishlar organlari rahbarlari Toshkent shahrida boʻlib xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash, kiberjinoyatlarni tezkor aniqlash va fosh etish hamda oldini olish boʻyicha tergov qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024–2028-yillarga moʻljallangan milliy strategiya asosida  giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish orqali yoshlar salomatligini hamda millat genofondini himoya qilishga qartilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek, namunaviy amaliyot mashgʻulotlari ishtirokchilari uchun Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati tomonidan uyushgan va narkojinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha taqdimot ham boʻlib oʻtdi. Unda poytaxt shahar misolida giyohvandlik vositalarini respublika chegarasidan olib kirish yoʻnalishlarini, internet tarmoqlari orqali tarqatish harakatlarini, noqonuniy narkolaboratoriyalarni va narkojinoiy uyushmalarni, shu jumladan, ularga homiylik (rahnamolik) qilayotgan mansabdor shaxslarni aniqlash, ular faoliyatiga chek qoʻyish hamda jazo muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar, amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar aniq misollar asosida tanishtirildi.

Ishtirokchilar Olmazor tumangida joylashgan Islom sivilizasiyasi markazida jamoat tartibini saqlash tajribasini ham oʻrganishdi. 

Azizjon FAYZIYEV,

podpolkovnik.