Qashqadaryo viloyati IIB JTSB PPX bataloni xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Koson tumanida yashovchi fuqaro N.M. “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozori hududida “Treniya” yozuvli 40 quti pirotexnika vositalarini sotayotgani aniqlandi.
Fuqarodan pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida qonuniy tartibda rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
