Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20 apreldagi “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida Jizzax viloyati Baxmal tuman hokimi M.Anarboyev hamda tuman IIB boshligʻi A.Jalolov shu hududda istiqomat qiluvchi 2 nafar afv etilgan shaxs bilan uchrashdilar. Muloqot davomida ularni ijtimoiy moslashtirish, bandligini taʼminlash, huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish yuzasidan masʼul tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
