Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligi va qoʻshin tarkibidagi 7251-sonli harbiy qismda boʻlib, shaxsiy tarkib bilan uchrashdi. Vazir oʻrinbosari soʻnggi vaqtlarda jahonda roʻy berayotgan turli qurolli toʻqnashuvlar va ularning oqibatlari haqida suhbatlashib, harbiy intizomni mustahkamlash va jangovar shaylikni yuqori darajada saqlash boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtdi.

Shuningdek, qoʻshin miqyosida oʻtgan 9 oylik harbiy intizom holatiga toʻxtalib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi. Ushbu holatlarga bundan keyin yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur koʻrsatmalar berildi.

Azamat Kurbanbayev,

kichik serjant.