Yurtimiz osoyishtaligi yoʻlida uzoq yillar samarali xizmat qilib, hurmat-ehtirom ila pensiyaga chiqish har bir xodimning orzusi. IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Abduhamid Hakimov ana shunday fidoyi, jonkuyar rahbarlardan biridir.
Polkovnik A. Hakimov Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagach, Toshkent shahar IIBB Axborot markazi hisoblash markazi muhandisi lavozimida faoliyatini boshladi. Keyinchalik markazda boʻlinma boshligʻi, markaz boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. IIV Akademiyasida sirtdan oʻqidi. Koʻp yillar davomida IIV Axborot markazi boshligʻi lavozimida xizmat qilib bir qator shogirdlarga ustozlik qildi.
Kuni kecha lavhamiz qahramoni jamoadoshlari tomonidan izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatildi. Tadbirda soʻz olganlar afgʻon urushida qatnashgan bu fidoyi insonning tizimdagi 30 yillik faoliyatiga toʻxtalib, oʻzlarining iliq fikrlarini bildirishdi.
Oʻz muxbirimiz.
