Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi masʼullari tomonidan 3-sonli ixtisoslashtirilgan oʻrta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbiri uyushtirildi. Muloqot davomida pirotexnika vositalarini saqlash, sotish, foydalanish hamda tigʻ olib yurish bilan bogʻliq qonunbuzarliklar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Mavzu doirasida joriy yilda Jizzax viloyatida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan ayrim jinoyatlar tafsilotlari bayon qilindi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.