Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida respublika Prezidentining joriy yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini oʻrganishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Boshqarma va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilishning shaffof va adolatli tizimini yaratish, ushbu tizimni raqamlashtirish, eng sara nomzodlarni xizmatga qabul qilish chora-tadbirlari tilga olindi.

Shuningdek, soha vakillarining bilim va malakasini oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda psixologik tadbirlarni tashkil etish, ishga qabul qilingan xodimlar va ularga biriktirilgan murabbiylarning masʼuliyatini oshirish borasidagi oʻzgarishlarga toʻxtalib oʻtildi. Yigʻilish davomida mavzuga oid videomaterial namoyish etildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.