Naima (ismi oʻzgartirildi) tilla taqinchoqlarini sotmoqchi boʻldi. Shu maqsadda Shoʻrchi tumanidagi bozor hududida tilla taqinchoqlar sotadigan Qirmizning oldiga borib, maslahat soʻradi.
Qirmizxonga ayolning bu rejasi yoqib tushdi. U Naimaning ishonchiga kirib, tilla taqinchoqlarini oʻzi sotib berishini aytdi. Shu tariqa Naimadan narxi salkam 120 million soʻm boʻlgan tilla buyumlarni olib qoldi. Biroq taqinchoqlarni sotdi-yu, pulini shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yubordi va Naimani aldab yurdi.
Naima Iibga ariza qilgach, holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Jasur TOʻRAYEV,
Surxondare viloyat IIB huzuridagi
TB UMIB tergovchisi, mayor
