Boyovutda Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarni bandligini taʼminlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.  

Yarmarkada bir necha korxona va tashkilotlar boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi.

Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobidagi vaqtincha ishsiz boʻlgan 11 nafar shaxs ishtirok etdi. Ularning 2 nafari Boyovut tumani Uchturgʻon MFYda joylashgan gʻisht zavodiga, 2 nafari "Stella Modda" MCHJga ishga joylashtirildi. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.