Huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan «Dolzarb 40 kunlik» keng koʻlamli profilaktika tadbiri doirasida Andijon viloyati IIB boʻlinmalari xodimlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Tezkor-qidiruv tadbirlar davomida giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq 9 ta, psixotrop preparatlarni saqlash va sotish bilan bogʻliq 5 ta (16 300 dona) holat aniqlanib, noqonuniy saqlanayotgan 7 dona ov quroli olib qoʻyildi.
Chegara hududlarida Xxrda ishlab chiqarilgan 84 ming dona pirotexnika vositalari tegishli tartibda musodara qilindi.
Profilaktik tadbirlar boshlanganidan buyon jinoyat sodir etib, sud va tergovdan qochib yurgan 20 nafar fuqaro qoʻlga olindi.
Tadbir davom etmoqda, yangi natijalarni kutib qolamiz.
B.Kleyman.
