Namangan tumani FHDYO boʻlimida tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman IIB masʼullari, bosh imom xatib va psixologlar ishtirokida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli oʻquv tashkil etildi.

Oʻquv davomida ishtirokchilar tomonidan oila qurish istagini bildirgan yoshlarga "Oilaviy xuquqiy munosabatlar", "Oilaviy turmush psixologiyasi", "Iqtisod va oila byudjeti", "Maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar", "Ota-onalik ijobiy koʻnikmalari" mavzusida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Unda 15 ta oila qurish istagini bildirgan juftliklar ishtirok etdi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

oʻz muxbirimiz.  

Namangan viloyati.