– 1569-yil – Angliyada dunyoda birinchi marta lotoreya oʻynalgan.

– 1693-yil – Sitsiliyada yirik zilzila sodir boʻlib, 60 mingdan ortiq kishi halok boʻldi.

– 1785-yil – Nyu-Yorkda qitʼa Kongressi yigʻildi.

– 1787-yil – Uilyam Xershel Uran sayyorasining yoʻldoshlari boʻlgan Titaniya va Oberon mavjudligini kashf etdi.

– 1803-yil – Monro va Livingston Nyu-Orleanni sotib olish uchun AQShdan Parijga dengiz sayohatiga yoʻl olishdi, natijada AQSh butun Luiziana shtatini egallab oldi.

– 1863-yil – Uch kunlik Fort Xindman (Arkanzas) jangi tugadi.

– 1909-yil – dunyodagi ilk ayol avtopoygachilar Nʼyu-Yorkdan Filadelʼfiyaga yoʻl olishdi.

– 1922-yil – Oʻn toʻrt yoshli kanadalik Leonard Tompson diabetni davolash uchun insulindan foydalangan dunyodagi birinchi odam boʻldi.

– 1935-yil – Amerikalik ayol aviator Ameliya Erxart Tinch okeani boʻylab yolgʻiz parvozni amalga oshirdi.

 – 1946-yil – Albaniyada Qirol Zog taxtdan agʻdarilgandan soʻng, xalq respublikasi eʼlon qilindi.

– 1962-yil – Peruda yuz bergan koʻchkida 3000 dan ortiq odam halok boʻldi.

– 2003-yil – Illinois shtati gubernatori Illinoisda oʻlim jazosiga hukm qilingan 150 nafar mahbusni afv etdi.