Mamlakatimizda 1993-yil 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilangan. Xoʻsh, dunyo davlatlarida ham oʻz himoyachilari uchun alohida bayram kuni mavjudmi?

Harbiy salohiyati boʻyicha Yer yuzidagi eng qudratli mamlakatlardan biri AQShda har yili may oyining soʻnggi dushanbasida urushlarda qurbon boʻlgan askarlar va zobitlar xotirlanadi. Harbiylar kuni esa 11-noyabrda nishonlanadi. Unda barcha AQSh harbiy xizmatchilarini, xizmat davri qaysi vaqtga toʻgʻri kelishidan qatʼi nazar, ularning xizmatini taqdirlash uchun nishonlanadi. Aniqroq qilib aytganda, AQShda «harbiylar kuni» deyilganda koʻpincha Xotira Kuni (halok boʻlganlar xotirasi) yoki (barcha xizmat qilganlar) nazarda tutiladi.

Fransiyada esa 14-iyul kuni nishonlanadigan Milliy bayram (Bastiliya kuni) doirasida Qurolli Kuchlarning katta harbiy paradlari va tadbirlari oʻtkaziladi, bu mamlakat harbiy kuchlariga ehtirom koʻrsatishning asosiy kunidir. Kunchiqar yurt Yaponiyada Mudofaa kuchlari 1954 yilda tashkil topgan boʻlib, ularning xizmati turli kunlarda nishonlanadi, lekin alohida rasmiy bayram belgilanmagan. Yaponlar qurolli kuchlari xizmatini turli tadbirlar orqali sharaflashadi.

Ispaniyada 12-oktabr kuni katta harbiy parad va tadbirlar boʻlib oʻtadi, bu Ispaniya Qurolli kuchlarining qudrati va birligini namoyish etadi. Bu bayramda Ispaniya armiyasi, dengiz floti, havo kuchlari ishtirok etadi. 

Xitoyda Xalq Ozodlik Armiyasi tashkil topgan kun, yaʼni 1-avgust butun mamlakat boʻylab katta harbiy bayram sifatida nishonlanadi. Bundan tashqari, 3-sentyabrʼ Yaponiyaga qarshi gʻalaba qozonilgan kun sifatida nishonlanadi va harbiy tarixga bagʻishlanadi.

Rossiyada Vatan himoyachilari kuni har yili 23 fevralʼ kuni nishonlanadi. Bayram kuni prezident va davlat rasmiylari ishtirokida tantanali tadbirlar, Qurolli Kuchlar vakillariga mukofotlar topshirish marosimlari oʻtkaziladi. 

Azizjon Alijonov,

IIV Malaka oshirish instituti  

“Jangovar tayyorgarlik” sikli boshligʻi, dotsent, podpolkovnik.