Barcha davrlarning eng mashhur izquvarini yaratgan Artur Konan Doyl kunlardan birida Parij safariga otlandi. Adib poezddan tushgan zahoti uning yoniga bir taksi haydovchisi yugurib keldi va jomadonni mashinaga joylab, soʻradi:
– Qaerga olib borib qoʻyay, janob Konan Doyl?
Yozuvchi uning darrov taniganiga hayron qoldi. Haydovchi esa adibning hayratiga javoban Xolmsning deduktiv usulini oʻzlashtirib, koʻplab mayda-chuyda tafsilotlarni tahlil qilishni oʻrganib olganini aytdi. Masalan, mehmonning qoʻlida siyoh izlari bor, demak, bu odam koʻp yozadi, oʻzini tutishidan esa shifokorga oʻxshaydi, egnidagi libos ham London uslubida va hokazo.
Uning soʻzlarini tinglagan Artur Konan Doyl qoyil qoldi:
– Siz chinakam Sherlok Xolms boʻlib ketibsiz-ku!
Shunda haydovchi biroz xijolat tortib, qoʻshimcha qildi:
– Ha... Lekin men yana bir jihatga eʼtibor qaratdim. Jomadoningiz yorligʻida ism-familiyangiz yirik harflar bilan yozib qoʻyilgan ekan...
Gulchehra AZIMOVA tarjimasi.
