1667-yil – Gollandiyaliklar tomonidan Amerikada Bryukkelin (hozirgi Bruklin) shahriga asos solingan.

1867-yil – Alyaska rasman Rossiyadan AQShga oʻtgan. 1917-yildan 18-oktabr AQShda Alyaska kuni sifatida nishonlanadi.

1944-yil – Sovet qoʻshinlari Chexoslovakiyaga kirgan.

1951-yil – SSSR yadro sinovlarini oʻtkazgan.

1991-yil – SSSR va Isroil 1967-yilda uzilgan diplomatik aloqalarni tiklagan.

1994-yil – Ukraina Oliy Radasi Kommunistik partiya taqiqini bekor qilgan.

1995-yil – Ukraina Yevropa Kengashiga qoʻshilgan.

1996-yil – Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochilgan. Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochilgan. Har ikki shaharga «Amir Temur» ordeni topshirilgan.

1996-yil – Mamlakatimizda Samarqand shahri kuni deb belgilangan.

1996-yil – Toshkentda «Birja va ulgurji savdo» yangi haftalik gazetasi taqdimoti boʻlib oʻtgan.

2007-yil – Pokistonda mamlakat tarixidagi eng yirik terakt sodir boʻlgan: Benazir Bxutto korteji portlatilgan, 130 dan ortiq odam halok boʻlgan.

2009-yil – Eronning Sistan va Balujiston viloyatida terakt sodir etilgan.

2011-yil – Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Armaniston, Qirgʻiziston, Moldova va Tojikiston MDHda erkin savdo zonasi toʻgʻrisida bitim imzolagan.