– 1914 yil – Birinchi jahon urushi: Rossiya Turkiyaga urush eʼlon qilgan;

– 1918 yil – Vena va Budapeshtdagi qoʻzgʻolon oqibatida Litva Qirolligi tugatilgan.     

– 1946 yil – Chotqol tizmasining shimoliy qismidagi kuchli zilzila Toshkent va boshqa shaharlarda yuzlab binolarga zarar yetkazgan.

– 1948 yil – Demokrat Garri Trumen AQSH prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongan.

– 1948 yil – Aqshda Margaret Cheyz Smit Senatga saylangan birinchi ayol boʻlgan.

– 1953 yil – Pokisonda Konstitutsiyaviy Assambleya Pokiston Islom Respublikasini eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

– 1956 yil – Vengriya hukumati mamlakat Varshava shartnomasidan chiqishini eʼlon qilgan.

– 1962 yil – AQSH prezidenti Kennedi SSSR Kubadagi raketalarini demontaj qilayotganini eʼlon qilgan.

– 1964 yil – Qirol Saud IV Saudiya Arabistoni taxtidan tushirilib, ukasi Faysal yangi qirol boʻlgan.

– 1965 yil – Enver Xoʻja XXR bilan ittifoqchilik munosabatlari oʻrnatilgani va SSSR bilan aloqalari uzilganligini eʼlon qilgan.

– 1976 yil – Demokrat Jimmi Karter AQSH prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongan.

– 1983 yil – BMT Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari plenar sessiyasida Aqshning Grenadaga qarshi qurolli aralashuvini qoralagan.

– 1984 yil – Angola, agar Janubiy Afrika Namibiya ustidan nazoratdan voz kechsa, mamlakatdagi Kuba qoʻshinlari sonini kamaytirishga rozi boʻlgan.

– 1994 yil – Pokiston shimolida qoʻzgʻolon koʻtarilgan, ishtirokchilar mamlakatning islom davlatiga aylanishiga qarshi chiqishgan.

– 2004 yil – Aqshda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi: amaldagi prezident Jorj Bush senator Jon Kerri bilan raqib boʻlgan.