– 1497 yil – Portugaliyalik dengizchi Vasko da Gama Yaxshi Umid burnini aylanib chiqqan.
– 1542 yil – Ispaniya Amerika koloniyalarida qullikni cheklagan.
– 1641 yil – Angliya parlamenti «Buyuk remonstratsiya» – qirolning suiisteʼmolliklari roʻyxatini qabul qilgan.
– 1946 yil – Angliyada birinchi sharikli ruchkalar sotuvga chiqqan.
– 1956 yil – Melburnda XVI Olimpiya oʻyinlari boshlangan.
– 1963 yil – AQSH prezidenti Jon Kennedi Dallasda oʻldirilgan.
– 1966 yil – Ispaniya parlamenti general Franko taklif qilgan yangi konstitutsiyani qabul qilgan.
– 1975 yil – Generalissimus Frantsisko Franko vafotidan keyin Xuan Karlosning Ispaniya qiroli deb eʼlon qilingan.
– 1986 yil – Mayk Tayson WBC yoʻnalishi boʻyicha ogʻir vazn toifasida chempion boʻlib, boks tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylangan.
– 1990 yil – Buyuk Britaniya Bosh vaziri Margaret Tetcher isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgan.
– 1993 yil – Armaniston oʻzining milliy valyutasi – dramni muomalaga kiritgan.
– 2003 yil – Tbilisida prezident Eduard Shevardnadzening muxoliflari tomonidan Gruziya parlamenti egallangan.
